Read and listen to Surah An-Nisa with translation, tafsir, audio recitation, word-by-word meaning, and transliteration. Translation by Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin).
يا ايها الناس اتقوا ربكم الذي خلقكم من نفس واحدة وخلق منها زوجها وبث منهما رجالا كثيرا ونساء واتقوا الله الذي تساءلون به والارحام ان الله كان عليكم رقيبا ١
Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko`plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo`rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so`rovda bo`ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalarini uzish)dan qo`rqing. Albatta, Alloh ustingizda kuzatib turuvchi Zotdir.